Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekiston 17 ta xorijiy davlatga qiymati 45,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 309 169 dona televizor eksport qilgan.
Eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 115,3 ming donaga yoki 59,4 foizga oshgan.
2025-yilda O‘zbekiston eng ko‘p televizor yetkazib bergan davlatlar:
Rossiya – 189 117 dona;
Ozarbayjon – 56 934 dona;
Turkiya – 18 684 dona;
Armeniya – 17 596 dona;
Ukraina – 8 857 dona;
Boshqa davlatlar – 17 981 dona.

Axborot xizmati



