06/03/2026

    Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning fevral oyida inflyatsiya 0,6 % ni tashkil etdi.

    Oy davomida ayrim asosiy meva-sabzavotlar narxlarida oʻsish kuzatildi. Xususan, pomidor narxi 12,1 % ga (2025-yil fevral oyiga nisbatan −12,5 %), qovoq 11,7 % ga (2025-yil fevral oyiga nisbatan −57,1 %), kartoshka 5,0 % ga (2025-yil fevral oyiga nisbatan +2,0 %), bulgʻor qalampiri 4,2 % ga (2025-yil fevral oyiga nisbatan −15,1 %), olma 4,1 % ga (2025-yil fevral oyiga nisbatan +12,4 %), limon 3,6 % ga (2025-yil fevral oyiga nisbatan +90,0 %), banan 3,0 % ga (2025-yil fevral oyiga nisbatan +2,4 %), sabzi va karam 1,8 % ga (2025-yil fevral oyiga nisbatan mos ravishda +8,8 % va +10,6 %) oshdi.

    Shuningdek, ayrim mahsulotlar narxlarida pasayish ham kuzatildi. Jumladan, bodring narxi 13,8 % ga (2025-yil fevral oyiga nisbatan −13,0 %), mandarin 5,6 % ga (2025-yil fevral oyiga nisbatan +15,8 %), apelsin 5,4 % ga (2025-yil fevral oyiga nisbatan +6,8 %), lavlagi 1,7 % ga (2025-yil fevral oyiga nisbatan +8,3 %) arzonlashdi. Piyoz narxi esa 0,9 % ga (2025-yil fevral oyiga nisbatan −3,0 %) pasaydi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech