Joriy yilning 15–31-yanvar kunlari aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining birinchi — onlayn bosqichi o‘tkazildi. Mazkur jarayonda aholining, ayniqsa talaba-yoshlarning faol ishtiroki kuzatildi.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida faol qatnashgan fuqarolar orasidan g‘oliblarni aniqlash maqsadida tasodifiy tanlov tashkil etildi. Tanlov shartlariga muvofiq, so‘rovnomada o‘zi hamda oila a’zolari haqidagi ma’lumotlarni to‘liq va to‘g‘ri kiritgan ishtirokchilar orasidan g‘oliblar aniqlab borildi.
Natijalarga ko‘ra, Samarqand davlat chet tillari universiteti talabasi Malikov Vasliddin Azim o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan tasodifiy tanlash (random) usuli orqali g‘olib deb topildi va qimmatbaho sovg‘a — planshet bilan taqdirlandi.
G‘olibga sovg‘ani Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Abdiyev tantanali ravishda topshirdi.


Axborot xizmati



