Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-fevral holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 18 513 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha soni quyidagicha:
− savdo sohasida – 6 623 ta;
− sanoat sohasida – 3 817 ta;
− qurilish sohasida – 1 444 ta;
− axborot va aloqa sohasida – 1 414 ta;
− yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 774 ta;
− tashish va saqlash sohasida – 593 ta;
− qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 478 ta;
− sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 217 ta;
− boshqa sohalarda – 3 153 ta.

Axborot xizmati



