18/03/2026

    Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda yirik korxona va tashkilotlar tomonidan 3 trln so‘m qurilish ishlari bajarilib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 8 % ga oshdi.

    Yirik korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining barcha turdagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 23,1 % ni tashkil etdi.

    Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha (yanvar):

2022-yil — 567,9 mlrd so‘m

2023-yil — 513,4 mlrd so‘m

2024-yil — 1,1 trln so‘m

2025-yil — 2,6 trln so‘m

2026-yil — 3 trln so‘m

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech