Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 2026-yilning yanvar oyida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 85,3 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda qurilish ishlari hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 159,0 % ni va ularning umumiy hajmdagi ulushi 14,1 % ni tashkil etdi. Shuningdek, kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 51,4 % i to‘g‘ri kelib, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 109,2 % ni tashkil etgan holda 310,3 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. Norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 34,5 % ni yoki 207,7 mlrd so‘mni tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 103,7 % ni tashkil etdi.

Axborot xizmati



