Samarqand viloyati statistika boshqarmasida Navro‘z bayrami munosabati bilan rahbariyat tomonidan jamoa a’zolariga samimiy tabrik yo‘llandi. Tadbir davomida milliy qadriyatlarimiz, Navro‘zning ahamiyati va uning insonlar hayotidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi.

Rahbariyat barcha xodimlarga sihat-salomatlik, farovonlik va ish faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab, kirib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan yana bir bor muborakbod etdi.

Axborot xizmati



