08/05/2026

    O‘zbekiston va dunyoda ro‘y berayotgan muhim voqea-hodisalar bilan davlat fuqarolik xizmatchilarini muntazam tanishtirib borish maqsadida, har hafta juma kunlari an’anaviy “Siyosiy-ma’rifat soati” onlayn o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

    Bugungi navbatdagi o‘quv soatida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etishdi. Mashg‘ulot davomida xodimlar:

  • O‘zbekiston va xorijdagi ahamiyatga molik haftalik muhim jarayonlar dayjesti;

  • Siyosiy va ijtimoiy sohadagi islohotlar;

  • Ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishdagi maxsus videolavhalar bilan yaqindan tanishdilar.

    Ushbu tadbirlar xodimlarning siyosiy dunyoqarashini kengaytirish va davlat xizmati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech