12/05/2026

    2026-yilning 12-may kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida qishloq xo‘jaligi va narx statistika bo‘limi hisobotlarida yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar yuzasidan boshqarma boshlig‘i, boshliq o‘rinbosarlari hamda hududiy statistika bo‘lim mas’ullari ishtirokida onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    Yig‘ilish davomida qishloq xo‘jaligi va narx statistikasi hisobotlarini yuritish, ma’lumotlarning haqqoniyligi hamda hisobotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, hududiy bo‘limlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

    Tadbir yakunida hisobotlar sifatini yanada oshirish, statistik ma’lumotlarning aniqligi va tezkorligini таъминlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech