Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining o‘sishida moliyaviy xizmatlar 26,8 % ga (ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining o‘sishiga qo‘shgan hissasi 2,9 bandni tashkil etdi), yashash va ovqatlanish xizmatlari 8,5 % ga (o‘sishiga qo‘shgan hissasi 2,5 band), savdo xizmatlari 26,0 % ga (o‘sishiga qo‘shgan hissasi 4,4 band), me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlari va tahlil sohasidagi xizmatlari -3,5 % ga (o‘sishiga qo‘shgan hissasi 0,0 band), transport xizmatlari 16,4 % ga (o‘sishiga qo‘shgan hissasi 3,5 band) va aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 19,2 % ga (o‘sishiga qo‘shgan hissasi 0,9 band) asosiy omili bo‘lib hisoblanadi.

Axborot xizmati



