2026-yil 1-may holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 3 367 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 37 ta, kichik korxona va mikrofirmalar soni 3 330 tani tashkil qildi. Viloyat bo‘yicha 2026-yilning yanvar-aprel oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 9 841,7 mlrd so‘mni tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 16,1 % ga o‘sdi. Kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi umumiy hajmi 4 585,6 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2025-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,1 % ni, viloyatda jami ulgurji savdo hajmidagi ulushi 46,6 % ni tashkil etdi.

Axborot xizmati



