Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 2026-yilning yanvar - aprel oylarida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 972,6 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda qurilish ishlari hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 202,3 % ni va ularning umumiy hajmdagi ulushi 18,9 % ni tashkil etdi. Shuningdek, kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 67,4 % i to‘g‘ri kelib, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni tashkil etgan holda 3 473,2 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. Norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 13,7 % ni yoki 708,1 mlrd so‘mni tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 96,6 % ni tashkil etdi.

Axborot xizmati



