11/06/2026

    Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining qarori ijrosi yuzasidan Jomboy tumani statistika bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining faoliyati o‘rganildi.

    O‘rganish jarayonida reja-grafik asosida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, qarorning har bir bandida belgilangan topshiriqlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi holati tahlil qilindi.

    Mazkur o‘rganish Samarqand viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti O. Berdimurodov tomonidan olib borildi. Unda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli ma’lumotlar ko‘rib chiqildi hamda mavjud holat baholandi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech