11/06/2026

    Statistika boshqarmasi boshlig‘i hamda boshliq o‘rinbosarlari ishtirokida yosh xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

    Muloqot davomida sohani rivojlantirish, yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda jamoada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish masalalari muhokama qilindi. Xodimlar tomonidan sport tadbirlarini muntazam tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

    Uchrashuv yakunida sport tadbirlarini muntazam tashkil etish bo‘yicha boshqarmaning nazorat rejasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, haftaning har chorshanba kuni xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etilishi belgilab olindi. Musobaqalar mini futbol, voleybol, stol tennis va shaxmat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi.

    Mazkur tashabbus xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech