Samarqand viloyati statistika boshqarmasi jamoasi Sizlarni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.
Jamiyatda ochiqlik, xolislik va tezkor axborot almashinuvini ta’minlashda Sizlarning fidokorona mehnatingiz alohida ahamiyat kasb etadi. Aholiga ishonchli va dolzarb ma’lumotlarni yetkazish, ijtimoiy hayotdagi muhim jarayonlarni keng jamoatchilikka xolis yoritish borasidagi faoliyatingiz tahsinga sazovordir.
Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, ijodiy ilhom va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Samarqand viloyati statistika boshqarmasi jamoasi

Axborot xizmati



