15/07/2026

    Samarqand viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari Samarqand shahridagi SOF EXPO ko‘rgazmalar majmuasida o‘tkazilayotgan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida faol ishtirok etmoqda.
    Ko‘rgazma doirasida boshqarma tomonidan tashkil etilgan stendda viloyat sanoatining rivojlanish ko‘rsatkichlari, hududlar kesimidagi sanoat ishlab chiqarish hajmlari, o‘sish sur’atlari hamda tarmoqning asosiy statistik ko‘rsatkichlari aks ettirilgan taqdimot materiallari namoyish etilmoqda.
    Shuningdek, tadbir ishtirokchilari va tashrif buyuruvchilarga rasmiy statistika ma’lumotlaridan foydalanish imkoniyatlari, ochiq ma’lumotlar bazalari, interaktiv statistik xizmatlar hamda Davlat statistika qo‘mitasi axborot resurslari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berilmoqda.


  
    Mazkur ko‘rgazmada ishtirok etish Samarqand viloyati statistika boshqarmasi faoliyatining ochiqligini ta’minlash, rasmiy statistika ma’lumotlaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish hamda davlat organlari, tadbirkorlik subyektlari va keng jamoatchilik bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

    Surat izohi: Samarqand viloyati statistika boshqarmasining “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida tashkil etilgan axborot stendi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech