16/07/2026

    2026-yil 13–17-iyul kunlari Koreya Respublikasi Ma’lumotlar va statistika vazirligi (Ministry of Data and Statistics — MODS) delegatsiyasi Toshkent shahriga tashrif buyurgan.

    O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi hamda Koreya Respublikasining Statistics Korea idorasi o‘rtasida 2025–2028-yillarga mo‘ljallangan “Statistika salohiyatini oshirish” loyihasi doirasidagi hamkorlik ishlari izchil davom etmoqda.

    Loyiha doirasida Koreya statistika idorasi delegatsiyasi 2026-yilning 15-iyul kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurib, viloyat statistika boshqarmasi faoliyati, hududlarda statistika ma’lumotlarini yig‘ish va qayta ishlash jarayonlari hamda raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

    Uchrashuvlar davomida statistika sohasida ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, statistik ma’lumotlar sifatini oshirish hamda mutaxassislarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

    Tomonlar mazkur loyiha doirasidagi hamkorlik ikki davlat statistika tizimlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashi, tajriba almashish va zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga xizmat qilishini ta’kidladilar.

    Tashrif yakunida delegatsiya a’zolari Samarqandning tarixiy-madaniy obidalari bilan ham tanishib, viloyatning boy madaniy merosi haqida batafsil ma’lumot oldilar hamda shaharning tarixiy va madaniy obidalari bo‘ylab sayohat tashkil etildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech