Bugun Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i rahbarligida xizmat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Milliy statistika qo‘mitasining 59-son va 64-son buyruqlari ijrosi, "Biznes uchun statistika" konsalting xizmatlari natijalari, hisobot intizomi, ma'muriy ishlarni yuritish hamda hududiy statistika bo‘limlari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.


Yig‘ilish yakunida mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ijro intizomini kuchaytirish va belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Axborot xizmati



