2025/2026 o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 1 mln 535 ming nafarni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 1991/1992 o‘quv yiliga nisbatan 1 mln 197,6 ming nafarga yoki qariyb 4,6 barobarga oshgan.
Talabalar sonining o‘quv yillari kesimidagi dinamikasi:
1991/1992 o‘quv yili — 337,4 ming nafar;
1995/1996 o‘quv yili — 192,1 ming nafar;
2000/2001 o‘quv yili — 183,6 ming nafar;
2005/2006 o‘quv yili — 278,7 ming nafar;
2010/2011 o‘quv yili — 274,5 ming nafar;
2015/2016 o‘quv yili — 264,3 ming nafar;
2020/2021 o‘quv yili — 571,5 ming nafar;
2021/2022 o‘quv yili — 808,4 ming nafar;
2022/2023 o‘quv yili — 1 042,1 ming nafar;
2023/2024 o‘quv yili — 1 314,5 ming nafar;
2024/2025 o‘quv yili — 1 432,8 ming nafar;
2025/2026 o‘quv yili — 1 535,0 ming nafar.

Axborot xizmati



