Bugun Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Qudratov Payariq tumanidagi “Yangi Hayot” mahallasida yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolari, ijtimoiy ahvoli va bandlik holatini o‘rgandi.
Uchrashuv davomida ishsiz yoshlar bilan bevosita muloqot qilinib, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.


Jumladan, yoshlarning murojaatlari tinglanib, aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi. Shuningdek, mahallada ishsiz yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va bandligini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Axborot xizmati



