27/07/2026

    2026-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra viloyatimizda 5 052 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu sanoat korxonalari soni asosiy iqtisodiy faoliyat turlari kesimida taqsimlanganda yuqori ulush 1 231 tasi (faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 24,4 % i) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga, 780 tasi (15,4 %) boshqa nometal mineral mahsulotlar ishlab chiqarishga, 368 tasi (7,3 %) kiyim ishlab chiqarishga, 475 tasi (9,4 %) mashina va uskunalardan tashqari tayyor metal buyumlar ishlab chiqarishga va 356 tasi (7,0 %) mebel ishlab chiqarishga to‘g‘ri kelmoqda.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech