29/07/2026

    2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 664,9 trln so‘mni tashkil etdi. 

    Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 16,9 foizga oshdi.

    Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi asosiy turlar bo‘yicha quyidagicha:

savdo xizmatlari — 170 trln so‘m;

yashash va ovqatlanish xizmatlari — 115,2 trln so‘m;

moliyaviy xizmatlar — 104,2 trln so‘m;

transport xizmatlari — 103,9 trln so‘m;

aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 51,9 trln so‘m;

ta’lim sohasidagi xizmatlar — 23,8 trln so‘m;

ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar — 16,2 trln so‘m;

shaxsiy xizmatlar — 11,9 trln so‘m;

sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 11,3 trln so‘m;

me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar — 8,9 trln so‘m;

kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar — 7,8 trln so‘m;

ijara xizmatlari — 7,6 trln so‘m;

boshqa xizmatlar — 32,2 trln so‘m.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech