30/07/2026

    Samarqand viloyati statistika boshqarmasida xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish maqsadida haftaning har chorshanba kuni sport tadbirlari muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.
    Shu munosabat bilan, 2026-yil 29-iyul kuni boshqarma xodimlari ishtirokida navbatdagi mini futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada xodimlar faol ishtirok etib, sportga bo‘lgan qiziqishlari, jamoaviy hamjihatlik va sog‘lom raqobat ruhini namoyon etdilar.
    Bunday sport tadbirlari xodimlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda jamoada do‘stona va ahil muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech