03/08/2026

    Samarqand viloyati statistika boshqarma boshlig‘i Sherzod Qudratov Toyloq tumanidagi bir qator ishlab chiqarish va sanoat korxonalarida bo‘ldi.



    Korxonalardagi ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot sifati, zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi hamda ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish holati bilan yaqindan tanishildi.



    Shuningdek, tuman hokimining o‘rinbosari Adham Sharipov tomonidan tumanning sanoat sohasidagi bugungi ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarish hajmlarining izchil o‘sib borayotgani, yangi loyihalar hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech