Samarqand viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda boshqarma xodimlari majlislar zalida, hududiy statistika bo‘limlari xodimlari esa videokonferensiya shaklida onlayn ishtirok etdilar.
Yig‘ilishni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Qudratov ochib berdi.

Tadbir davomida tizimga oid masalalar muhokama qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar hamda ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashildi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Axborot xizmati



