2026-yilning yanvar–iyul oylarida Oʻzbekistonda savdo xizmatlari hajmi 202 trln soʻmni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 15,2 foizga oshgan.
Hududlar kesimida savdo xizmatlari hajmi:
Toshkent shahri — 88 trln soʻm;
Toshkent viloyati — 16,9 trln soʻm;
Fargʻona viloyati — 13,9 trln soʻm;
Samarqand viloyati — 13 trln soʻm;
Andijon viloyati — 10,8 trln soʻm;
Namangan viloyati — 10,7 trln soʻm;
Buxoro viloyati — 8,8 trln soʻm;
Qashqadaryo viloyati — 8,2 trln soʻm;
Surxondaryo viloyati — 7,6 trln soʻm;
Xorazm viloyati — 6 trln soʻm;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 5,6 trln soʻm;
Jizzax viloyati — 4,7 trln soʻm;
Navoiy viloyati — 4,6 trln soʻm;
Sirdaryo viloyati — 2,9 trln soʻm.
Mazkur davrda savdo xizmatlari Oʻzbekistonda koʻrsatilgan jami bozor xizmatlarining 25,2 foizini tashkil etgan.

Axborot xizmati



