Viloyatda 5,2 mingdan ortiq sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda

    2026-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, viloyatimizda 5 228 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda.

    Sanoat korxonalari asosiy iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda, eng yuqori ulush oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishiga to‘g‘ri kelmoqda. Mazkur yo‘nalishda 1 287 ta korxona faoliyat yuritib, ularning ulushi jami sanoat korxonalarining 24,6 foizini tashkil etadi.

    Shuningdek, 801 ta (15,3 foiz) korxona boshqa nometal mineral mahsulotlar ishlab chiqarish, 497 ta (9,5 foiz) korxona mashina va uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish, 388 ta (7,4 foiz) korxona kiyim ishlab chiqarish hamda 365 ta (6,9 foiz) korxona mebel ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanmoqda.

    Umuman olganda, mazkur beshta asosiy faoliyat turi hissasiga viloyatdagi jami sanoat korxonalarining 63,9 foizi to‘g‘ri keladi.

    Bu ko‘rsatkichlar viloyatda sanoat tarmoqlarining, xususan, oziq-ovqat, qurilish materiallari, metall buyumlar, yengil sanoat va mebel ishlab chiqarish yo‘nalishlarining izchil rivojlanib borayotganidan dalolat beradi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech