2026-yil yanvar-avgust oylarida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash bo‘yicha o‘tkazilgan statistik kuzatuvlar natijalari ham inobatga olingan holda, viloyatda bozor xizmatlari hajmi 65 230,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Hisobot davrida bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati 117,1 foizni tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan xizmatlar hajmi 12 934,3 mlrd so‘mga oshdi.
Taqqoslash uchun, 2025-yil yanvar-avgust oylarida viloyatda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 52 296,4 mlrd so‘mni, o‘sish sur’ati esa 112,7 foizni tashkil etgan.
Shunday qilib, joriy yilning yanvar-avgust oylarida bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,4 foiz bandga yuqori bo‘ldi.
Mazkur ko‘rsatkichlar viloyatda xizmatlar sohasining izchil rivojlanib, iqtisodiyotdagi faollikning ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Axborot xizmati
