Viloyatda chakana savdo tovar aylanmasi 30,9 trln so‘mni tashkil etdi

    2026-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, viloyatda chakana savdo sohasida 10 795 ta tijorat korxonasi faoliyat yuritmoqda.

    Shundan 60 tasi yirik korxonalar, 10 735 tasi esa kichik korxonalar va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

    2026-yil yanvar-avgust oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 30 965,1 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 117,6 foizni tashkil etib, chakana savdo hajmida sezilarli o‘sish qayd etilganini ko‘rsatmoqda.

    Chakana savdo tovar aylanmasining asosiy qismi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Jumladan:

  • yirik korxonalar tovar aylanmasi — 3 787,6 mlrd so‘m, o‘sish sur’ati 109,1 foiz;
  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tovar aylanmasi — 27 177,5 mlrd so‘m, o‘sish sur’ati 118,9 foiz;
  • shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi — 2 709,6 mlrd so‘m, o‘sish sur’ati 109,1 foiz.

    Umuman olganda, chakana savdo tovar aylanmasining 87,8 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Mazkur ko‘rsatkichlar viloyatda chakana savdo faoliyati, xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining savdo sohasidagi faolligi izchil oshib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech