O‘zbekistonda biznesni ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-oktabrdagi 557-son qaroriga muvofiq, mamlakatimizda biznesni ro‘yxatga olish tadbiri 2026-yil 15-oktabrdan 30-noyabrgacha o‘tkaziladi.

    Mazkur qaror tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va uni tashkil etish tartibini belgilab, ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash hamda ulardan statistik registrlarni yangilash va iqtisodiy tahlillarda foydalanishni nazarda tutadi.

    Tadbirning asosiy maqsadi biznes subyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimlashtirish va rasmiy statistika ma’lumotlaridan samarali foydalanishni ta’minlashdan iborat.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech