Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati, xususan tashqi savdo sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard natijasi aholining turmush darajasiga bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
2021- yil yanvar-may oylari yakuni bilan viloyatning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 698,6 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 147,0 mln. AQSh dollariga yoki 26,6 %ga ko‘paydi.
TSA da eksport hajmi 175,8 mln. AQSh dollariga (44,2 %ga ko‘paydi) va import hajmi 522,8 mln. AQSh dollariga (21,7 %ga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida -347,0 mln. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.
Axborot xizmati