22/09/2021

Joriy yilning 21- sentabr kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari uchun “Iqtisod va maʼnaviyat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirga viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati hamda xodimlari ishtirok etishdi.

Kun tartibidagi mavzu yuzasidan boshqarma boshligʻi v.v.b. Abdiyev Sharof Azamovich soʻzga chiqib, “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir, – deya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yig‘ilishdagi so‘zlarini keltirib o‘tdi. – shuningdek,  yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilingan ekan, ikkita mustahkam ustunga tayanishimiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat ekanligi haqida o‘z fikrini bayon qildi.

O‘zbekiston yoshlarining birinchi forumi hamda Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ma’naviyat yo‘nalishidagi dolzarb vazifalar belgilab berilganligi, bu borada yechimini kutib turgan, o‘zgarishlar shamoli kirib bormagan masalalar ko‘p ekanligi, milliy g‘oyaning mohiyatini to‘liq anglab yetmagan, eski mafkurani tasavvur qilib, bunga yuzaki qaraydiganlar ham yo‘q emasligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

– Yig‘ilishda so‘zga chiqqan boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari A.Suyunov yangi O‘zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasi bo‘lishi, biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunishimiz, ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslanganligi haqida to‘xtaldi.

A.Suyunov o‘z maruzasida bugun dunyoda keskin kurash va raqobat hukm surmoqda, manfaatlar to‘qnashuvi kuchaymoqda. Globallashuv jarayonlari insoniyat uchun beqiyos yangi imkoniyatlar bilan birga kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Milliy o‘zlik va ma’naviy qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar tobora ortmoqda. Faqat o‘zini o‘ylash, mehnatga, oilaga yengil qarash, iste’molchilik kayfiyati turli yo‘llar bilan odamlar, ayniqsa, yoshlar ongiga ustamonlik bilan singdirilyatgani haqida qo‘shimcha qildi.

Shuningdek, so‘zga chiqqan boshqa yig‘ilish ishtirokchilari, soʻnggi yillarda yurtimizda maʼnaviyat sohasini yuksaltirish borasida qator qarorlar qabul qilinganligi, respublika maʼnaviyat va maʼrifat kengashi raisi Prezident ekani belgilab qoʻyilganligi. Kengashning hududiy boʻlimlariga masʼullik hokimlar zimmasiga yuklatilganligi, bu esa maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning davlat siyosati darajasiga koʻtarilganini belgilab beranligi haqida gapirishdi.

 Yig‘ilish keng muzokarlarga boy, savol-javob tarzida bo‘lib o‘tdi.

Axborot xizmati

 
Tugmani bosing Tinglash GSpeech