02/12/2021

2021- yilning 02- dekabr kuni Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali professor-oʻqituvchilari va talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasining 2021- yil 11- avgustdagi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi OʻRQ-707-son qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qarori mazmun-mohiyati hamda Samarqand viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari  mavzusida viloyat statistika boshqarmasi mutasadilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirni universitetning Samarqand filiali direktori Shavkat Hasanov ochib berdi.

 

 

Tadbirda soʻzga chiqqan viloyat statistika boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Abdiyev Sharof Azamovich hamda bosliq o‘rinbosari Suyunov Anvar Anarovichlar, viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari, statistika tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar hamda statistik hisobotlarning shakllanish jarayoni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining 2021- yil 11- avgustdagi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida” gi OʻRQ-707-son qonuni mazmun-mohiyati, qonunda qoʻyilgan vazifalar hamda ularning bugungi kundagi ijrosi toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot berib oʻtishdi.

 

 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”, qaror ijrosi yuzasidan viloyatimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida boshqarmaning Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi boshligʻi Shukurov Firdavs Abdusaidovich maʼlumot berdi.

 

Yigʻilishda viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati tomonidan universitet kutubxonasiga bir nechta statistik toʻplamlar hadya etildi.

Tadbir qizgʻin savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Professor-oʻqituvchilar va talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga viloyat statistika boshqarmasi mutasaddilari tomonidan toʻliq javoblar olindi.

 

Davra suhbati yakunida universitetning “Agrobiznes va logistika” fakulteti dekani S.Mamsoliyev so‘z olib, samimiy davra suhbati hamda qiziqarli statistik to‘plamlar uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, shunga o‘xshash tadbirlar sonini oshirish taklifini kiritdi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech