Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 2021- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra 9 548 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 583 taga yoki 37,1 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.
Faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 8 923 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 334 taga yoki 35,4 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.
2021- yilning yanvar-noyabr oylarida yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar soni 2 838 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 352 taga yoki 14,1 % ga ko‘payganligini ko‘rish mumkin.
Axborot xizmati