21/12/2021

Aholini ro‘yxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Samarqand shahar “Qarshi Yo‘li” MFYdagi xonadonlarni raqamlanish holatini o‘rganish bo‘yicha tahlili olib borildi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710- son qarorining 6- bandida “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Mahalla va oilani qo‘llab-qo‘vvatlash vazirligi 2021- yil 1- aprelga qadar aholi punktlari va ko‘chalar nom belgilarini o‘rnatish, xonadon va uylarni to‘liq raqamlash ishlarini yakuniga yetkazish va 2023- yilda aholini ro‘yxatga olish davriga qadar muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlash” belgilab qo‘yilgan.

 

 

“Qarshi Yo‘li” mahallasining faollari va xodimlariga aholini ro‘yxatga olish tadbiri bo‘yicha targ‘ibot va tushunchalar berildi.

Aholini ro‘yxatga olish bu mamlakat aholisini muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech