22/12/2021

Mamlakatimizda aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 5- noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-5282-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida barcha ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq qilish maqsadida turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

 

 

Jumladan, Samarqand viloyati statistika boshqarmasi jamoasi o‘rtasida sportni rivojlantirish, doimiy tarzda jismoniy mashqlar va turli sport musobaqalarini o‘tkazilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

  Joriy yilning 20- dekabridan boshlab sport-salomatlik garovidir shiori ostida boshqarma sport targ‘ibotchisi boshchiligida boshqarmaning barcha xodimlari ishtirokida sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar boshlandi.

 Shuningdek, boshqarma sport targ‘ibotchisi tomonidan tayyorlangan reja-jadvalga asosan aynan 20- dekabr kuni boshqarma xodimlari ishtirokida sportning shashka turi bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

 

 

Ta’kidlash lozimki, muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sportni o‘tkazishdan maqsad – har bir fuqaroda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilishdir. Shuningdek, Covid–19ga qarshi ishlarni tizimli va samarali tashkil etish orqali kasalliklarga qarshi doimiy immunitet tizimini shakllantirish hamda jismoniy faoliyat orqali xodimlarning ish faoliyatini yaxshilashdir.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech