2020- yilning 1- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.
Shundan kelib chiqib, joriy yilning 23- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Kadrlar boshqarmasi tomonidan kadrlar malakasini oshirishga qaratilgan video-seminar tashkil etildi. Seminarni hududiy statistika boshqarmalari vakillar onlayn tarzda kuzatib bordi.
Dastlab Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i Talipova Zulxumor Normatovna yurtimizda kadrlar malakasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, tadbir davomida kadrlar malakasini oshirish va kasbiy salohiyatini rivojlantirsh oshirish borasida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.
Seminar so‘nggida ishtirokchilarga kadrlar malakasini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati