24/12/2021

Hisobot davrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 8 244,1 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 41,7 % ni tashkil etdi.

  Shahar va tumanlar kesimida kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi Bulung’ur tumanida (100,0 %), Qo’shrobot tumanida (100,0 %), Nurobod tumanida (100,0 %),  Kattaqo’rg’on tumanida (80,9 %), Kattaqo’rg’on shahrida (77,6 %), Urgut tumanida (74,3 %) tashkil etdi.

Viloyatimizda shahar va tumanlar kesimida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida kichik biznes subyektlarining ulushi tahlili shuni ko‘rsatdiki, Narpay tumanida (1,8 %), Samarqand shahrida (24,8 %), Ishtixon (26,3 %), Toyloq (31,2 %) tumanlarida sanoat ishlab chiqarish hajmlaridagi kichik biznes subyektlari ulushining  kamligini, mazkur  hududlarda  joylashgan yirik sanoat korxonalarining ishlab chiqarish hajmlari yuqori ekanligi bilan izohlash mumkin.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech