27/12/2021

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 2021- yil yanvar-noyabr oylarida bu xizmatlarning ulushi 28,0 % ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar transport (25,2 %), moliyaviy xizmatlar (14,1 %), shuningdek, ta’lim sohasidagi xizmatlar (5,2 %) bo‘yicha qayd etildi.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmida biroz o‘sish qayd etilib, ularning ulushi 2,1 % ga yetdi. Taqqoslash uchun: 2020- yilning yanvar-noyabr oylarida savdo xizmatlari umumiy hajmning 29,9 % ini tashkil etgan. 2020- yilning shu davrida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlarning ulushi ham eng kichik ko‘rsatgichga ega bo‘lgan – 1,8 %.

 

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech