2021- yilning o‘tgan davrida chakana savdoning ulushi umumiy savdo xizmatlari hajmining qariyb to‘rtdan uch qismini, aniqrog‘i, 76,4 % ni tashkil etdi. 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida ulgurji savdo xizmatlari ulushi (avtomobil va mototsikl savdosidan tashqari) 15,1 % ga yetdi. Savdo xizmatlari tarkibida eng kam hajmni avtomobil va mototsikllar ulgurji va chakana savdosi (shu jumladan, ularni ta’mirlash) bo‘yicha xizmatlar ulushi (8,5 %) tashkil etdi.
Taqqoslash uchun: 2020- yil yanvar-noyabr oylarida chakana savdo ulushi 75,4 % bo‘lgan.
Axborot xizmati