Мoliyaviy xizmatlar hajmi – moliyaviy vositachilik hisobidan olingan foizli daromadlar hajmi (xizmatlar uchun belgilangan to‘lovlar miqdorida), shuningdek, moliya muassasasi tomonidan ssuda berish yoki depozitni saqlash bo‘yicha xizmatlari uchun to‘lanadigan haq hisobiga ko‘ra olinadi.
2021- yil yanvar-noyabr oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 2 389,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Taqqoslash uchun: 2020- yil yanvarnoyabr oylarida ularning hajmi 1 910,0 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan.
Moliyaviy xizmatlar (2021- yil yanvar-noyabr oylarida) 2021- yilning o‘tgan davrida ularning umumiy xizmatlar hajmidagi ulushi 14,1 % ni tashkil etdi.
Taqqoslash uchun: 2020- yilning yanvar- noyabr oylarida ularning ulushi 15,0 % ni tashkil etgan.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan moliyaviy xizmatlar hajmining 479,6 mlrd. so‘mga ko‘payishi kuzatildi. 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida moliyaviy xizmatlarning o‘sishi 22,6 % ni tashkil etdi.
Taqqoslash uchun: 2020- yilning yanvar-noyabr oylarida ularning o‘sish sur’ati 129,3 % ni tashkil etgan.
Axborot xizmati