Moliyaviy xizmatlar umumiy hajmida sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlarning ulushi 92,0 % ni tashkil etdi. 2021- yilning yanvar-noyabr oylari yakuniga ko‘ra, sug‘urta xizmatlarining ulushi 4,1 % oralig‘ida qayd etildi. Moliyaviy va sug‘urtalash xizmatlariga nisbatan yordamchi xizmatlarning ulushi umumiy hajmning 3,9 % ini tashkil etdi.
Taqqoslash uchun: 2020- yilning yanvar-noyabr oylarida moliyaviy xizmatlar umumiy hajmining 93,0 % ini sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlar tashkil etgan. Sug‘urta xizmatlarining ulushi 4,0 % ga to‘g‘ri kelgan. Moliyaviy va sug‘urtalashga tegishli yordamchi xizmatlar – 3,0 %.
Axborot xizmati