O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan, “Siyosiy-ma'rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish" bo‘yicha tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda.
2022- yilning 7- yanvar kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-maʼrifat soati"da, eng muhim va dolzarb mavzular haqida maʼlumot berib o‘tildi.
Jumladan, Yangi Oʻzbekistonning 2022–2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi mazmun-mohiyati, Tizimli fikrlash, tamoyil va texnologiyalar, huquqiy savodxonlik hamda hafta davomida qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida.
Shuningdek, o‘quv soati O‘zbekiston va xorijda yuz berayotgan muhim jarayonlarga, xodimlar ko‘nikmasini shakllantirish ularni davr talabidan kelib chiqqan holda huquqiy savodxonligini doimiy ravishda oshirib borishga yo‘naltirilgan.
Axborot xizmati