Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi, 2020- yilning mos davriga nisbatan 12,9 % ga o‘sdi va 3 719,7 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Bu esa, umumiy savdo hajmining 20,3 % ulushiga to‘g‘ri keladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 14565,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 10,2 %ga oshdi. Viloyat miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 79,7 %ni tashkil etdi.
Axborot xizmati