Tahliliy natijalarga ko‘ra, chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ulushi bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahri (99,9 %), Jomboy (99,1 %), Kattaqo‘rg‘on (99,0 %), Ishtixon (99,0 %) va Nurobod (98,9 %) tumanlari yetakchilik qilmoqda. Chakana tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning ulushi 20,3 %ni tashkil etib, eng katta ulush Samarqand shahrida (45,8 %), Toyloq (16,8 %), Pastdarg‘om (6,1 %), Samarqand (3,0 %), Urgut (1,7 %) ва Bulung‘ur (2,6 %) tumanlarida kuzatildi.
Axborot xizmati