2021- yilning yanvar - noyabr oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 1147,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bunda har xil yoshdagi qora mollar savdosi 899,4 mlrd. so‘mni, qo‘y va echkilar 156,0 mlrd. so‘mni, otlar 84,0 mlrd. so‘mni, parrandalar 7,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Axborot xizmati