Ulgurji savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes subyektlariga to‘g‘ri kelib, mazkur hajm 2021- yil yanvar-noyabr oylari yakuniga ko‘ra, 5 155,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020- yil yanvar-noyabr oylariga nisbatan 106,3 % ni, jami ulgurji savdo tovar aylanamasidagi ulushi esa 69,7 % ni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich hududlar kesimida taqqoslanganda yuqori ulush Samarqand tuman i (99,9 %), Urgut (99,7 %), Payariq (99,4 %), Oqdaryo (99,6 %), Jomboy (99,9 %) tumanlarida va Kattaqo‘rg‘on shahrida (99,7 %) bo‘lgan. Eng past ulush esa Bulungur (19,6 %), Toyloq (65,1 %) va Pastdarg‘om (34,9 %) tumaniga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati