“Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-5117-son qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2021- yil 29- iyundagi 61-sonli buyrug‘iga muvofiq yangi pedagogik texnologiyalar asosida ingliz tilini o‘qitishni tashkil etish topshirig‘i hamda viloyat statistika boshqarmasining 2021- yil 4- oktabrdagi 54-sonli buyrug‘iga asosan ingliz tilini o‘rganish uchun o‘quv kursi tashkil etilgan edi.
2022- yilning 10- yanvar kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga Samarqand davlat chet tillar instituti o‘qituvchilari tomonidan belgilangan namunadagi sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
Axborot xizmati