2022-yil 11-yanvar kuni viloyat Adliya boshqarmasida O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi hamda viloyat Adliya boshqarmasi tashabbusi bilan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining yillik hisobotlarini topshirish tartibi va muddatlari” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda shuningdek, viloyat statistika, soliq boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etishidi.
Seminarda viloyat statistika boshqarmasining ijtimoiy soha statistikasi boʻlimi boshligʻi K. Tosheva nodavlat notijorat tashkilotlarining yillik hisobotlarini topshirish tartibi va muddatlari to‘g‘risida tushuncha berib o‘tdi.
O‘quv seminari davomida qatnashchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Axborot xizmati