31/01/2022

2022- yilning 28- yanvar kuni viloyat hokimining topshirig‘iga asosan Qo‘shrabot tumani hokim yordamchilari uchun viloyat statistika boshqarmasi mutasadilari ishtirokida o‘quv soati tashkil etildi.

 

 

Tadbirda soʻzga chiqqanlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror ijrosi yuzasidan viloyatimizda amalga oshirilayotgan ishlar, viloyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari, statistika tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar hamda statistik hisobotlarning shakllanish jarayoni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining 2021- yil 11- avgustdagi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida” gi OʻRQ-707-son qonuni mazmun-mohiyati hamda qonunchilikda bo‘layotgan o‘zgarishlar toʻgʻrisida   maʼlumot berib oʻtishdi.

 

 

O‘quv soati davomida hokim yordamchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi hamda viloyat statistika boshqarmasi mas’ullari tomonidan tegishli javoblar berildi.

Axborot xizmati

O‘quv soati davomida hokim yordamchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi hamda viloyat statistika boshqarmasi mas’ullari tomonidan tegishli javoblar berildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech